Asosiy matnga o'tish
Boshlang'ich

SQL asoslari: query yozishni noldan o'rganing

PostgreSQL misolida SQLni noldan o'rganing: SELECT, filtrlash, GROUP BY, JOIN, subquery, sana va satr funksiyalari, CASE, shuningdek jadval yaratish va ma'lumotlarni o'zgartirish. Backend dasturchi va data analitik uchun birdek zarur poydevor. Har bir darsdan keyin amaliy masalalar.

65 ta dars8 soat 52 daq155 ta mashq7 ta bepul dars
Kursni boshlash

Progressingiz saqlanishi uchun tizimga kiring

499 000 so'm
Bir martalik to'lov, umrbod kirish
Alif Nasiya orqali 6 oyga bo'lib: oyiga 83 166 so'm
Sotib olish uchun kiring

Kurs haqida

Bu kurs SQLning eng ko'p ishlatiladigan qismini o'rgatadi: ma'lumotni so'rov orqali olish va tahlil qilish, shuningdek jadval yaratish va ma'lumotlarni o'zgartirish. Backend dasturchi bo'lasizmi yoki data analitik, bu bilimlar ikkalasida ham har kuni kerak bo'ladi.

Kurs PostgreSQL va pgAdmin misolida o'tiladi. Deyarli barcha asosiy mavzular MySQL, SQL Server va boshqa bazalarda ham bir xil ishlaydi.

Bu kurs kim uchun

  • SQLni umuman bilmaydigan va noldan boshlamoqchi bo'lganlar
  • Backend dasturchi bo'lmoqchi bo'lgan va ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o'rganayotganlar
  • Data analitika yo'nalishiga kirmoqchi bo'lganlar
  • Excel bilan ishlab, katta hajmdagi ma'lumotlarga o'tmoqchi bo'lganlar
  • SQLni "biroz" biladigan, lekin JOIN, GROUP BY va subquery'larda ikkilanadiganlar

Nimalarni o'rganasiz

  • PostgreSQL va pgAdmin'ni o'rnatish va ma'lumotlar bazasini sozlash
  • SELECT asoslari: ustunlarni tanlash, DISTINCT, COUNT, ORDER BY bilan saralash, LIMIT bilan cheklash
  • Filtrlash: WHERE, AND / OR, BETWEEN, IN, LIKE va ILIKE
  • Agregatsiya: COUNT, SUM, AVG, MIN, MAX, GROUP BY va HAVING
  • JOIN: AS, INNER, LEFT, RIGHT, FULL OUTER JOIN, UNION va self join
  • Ilg'or SQL: sana va vaqt (TIMESTAMP, EXTRACT), matematik va satr funksiyalari, subquery (ichki so'rov)
  • Jadval yaratish: ma'lumot turlari, Primary va Foreign Key, constraint'lar, CREATE TABLE, INSERT, UPDATE, DELETE, ALTER TABLE, DROP TABLE, CHECK
  • Shartli ifodalar: CASE, COALESCE, CAST, NULLIF, view'lar, ma'lumotlarni import va eksport qilish

Kurs tuzilishi

  • 1-modul. Kurs haqida: ma'lumotlar bazalari, PostgreSQL va pgAdmin o'rnatish
  • 2-modul. SQL buyruqlari asoslari: SELECT, DISTINCT, COUNT, WHERE, ORDER BY, LIMIT, BETWEEN, IN, LIKE
  • 3-modul. GROUP BY: agregat funksiyalar, GROUP BY va HAVING
  • 4-modul. JOIN'lar: AS, INNER, FULL, LEFT, RIGHT JOIN va UNION
  • 5-modul. Ilg'or SQL: sana va vaqt, matematik va satr funksiyalari, subquery, self join
  • 6-modul. Baholash testi
  • 7-modul. Ma'lumotlar bazasi va jadval yaratish: CREATE, INSERT, UPDATE, DELETE, ALTER, DROP, constraint'lar
  • 8-modul. Shartli ifodalar: CASE, COALESCE, CAST, NULLIF, view'lar, import va eksport

Kurs qanday o'tadi

Har bir dars qisqa video va tushunarli misollardan iborat. Darsdan so'ng shu mavzuga oid amaliy masalalarni to'g'ridan-to'g'ri brauzerda yechasiz. Tizim yozgan so'rovingizni avtomatik tekshiradi va natijani darhol ko'rsatadi.

Darslar ketma-ket ochiladi: dars mashqlarini yechganingizdan keyin keyingi dars avtomatik ochiladi. Mashqi yo'q darsda videoni ko'rib, "Tugatdim" tugmasini bosasiz.

Masalalar real hayotiy ssenariylarga asoslangan: onlayn do'kon buyurtmalari, bank tranzaksiyalari, taksi safarlari. Masalan:

  • "Qaysi kategoriya eng ko'p daromad keltirdi?"
  • "Har oy nechta yangi mijoz ro'yxatdan o'tdi?"
  • "Qaysi mijozlar o'rtacha chekdan ko'proq xarid qilgan?"

Talablar

  • Kompyuter va internet
  • Oldindan dasturlash yoki ma'lumotlar bazasi bilimi talab qilinmaydi

Kursga kirmaydi

Quyidagi mavzular alohida kurslarda o'tiladi:

  • CTE (WITH) va window funksiyalar (ROW_NUMBER, RANK, LAG / LEAD)
  • Normalizatsiya va jadval loyihalash nazariyasi
  • Indekslar va query optimizatsiyasi (EXPLAIN)
  • Tranzaksiyalar va parallel ishlash

Kursdan keyin

  • Istalgan savolni mustaqil ravishda to'g'ri va o'qiladigan SQL so'roviga aylantira olasiz
  • O'z jadvallaringizni yaratib, ma'lumotlarni qo'sha, o'zgartira va o'chira olasiz
  • Backend loyihalarda ma'lumotlar bazasi bilan ishonch bilan ishlay olasiz
  • Intervyulardagi SQL bosqichiga tayyorgarlik uchun mustahkam poydevorga ega bo'lasiz

Kurs dasturi